Kengash hujjatlari

Ilmiy kengashga va OAKga topshiriladigan hujjatlar roʻyxati: bosqichlar, muddatlar va PF-98 oʻzgarishlari.

Hozirgi tartib: 2027-yilgacha himoya

PF-98 farmonining 7-bandiga koʻra, 2027-yil 1-yanvarga qadar OAK himoya eʼlonini bergan va himoyasi oʻtgan izlanuvchilarga daraja amaldagi tartibda beriladi. Roʻyxat 2893-son nizom ilovalaridan olingan.

Tayyor0 / 23

A

Ilmiy kengashga topshiriladigan hujjatlar

Izlanuvchi topshiradi – dissertatsiya bajarilgan muassasa dastlabki ekspertiza boʻyicha ijobiy xulosa bergandan keyin (31-band).

2893-son nizom, 2-ilova
0 / 9
  • Dastlabki ekspertiza: PhD – 2 oy, DSc – 3 oy (hujjatlar topshirilgan kundan) (33-band)
  • Ilmiy seminar muhokamasi: PhD – 1 oy, DSc – 2 oy ichida (39-band)
  • Seminarning ijobiy xulosasidan keyin 1 oy ichida himoyaga qabul qilinadi (41-band)
  • Dissertatsiya bajarilgan muassasaning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish (yoki Bir martalik ilmiy kengash tuzish) haqidagi murojaati

    2-ilova, 1-band

  • Izlanuvchi toʻgʻrisidagi obyektiv-maʼlumotnoma va uning elektron shakli

    2-ilova, 2-band

  • Malakaviy imtihonlarni topshirganlik haqidagi guvohnomalar

    2-ilova, 5-bandfaqat PhD

  • Dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi

    2-ilova, 6-band

  • Dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlarning xulosalari

    2-ilova, 7-bandmavjud boʻlsa

  • Muassasa tasdiqlagan ilmiy ishlar roʻyxati va asosiy ilmiy ishlar nusxalari

    2-ilova, 8-band

  • Ilmiy rahbar (konsultant)ning taqrizi

    2-ilova, 9-band

  • Hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga kiritish uchun hammualliflarning yozma roziligi

    2-ilova, 11-bandmavjud boʻlsa

  • Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati

    2-ilova, 12-band

B

OAK saytida himoya eʼloni uchun hujjatlar

Ilmiy kengash OAKga yuboradi – dissertatsiya himoyaga qabul qilingandan keyin, avtoreferat chop etilishidan oldin (54-band).

2893-son nizom, 4-ilova
0 / 5
  • OAK eʼlonni 15 kun ichida tekshirib, saytga joylaydi (54-band)
  • Himoya eʼlondan keyin 40 kun ichida (56-band)
  • Avtoreferat himoyadan kamida 12 kun oldin tarqatiladi (58–59-bandlar)
  • Ilmiy kengash raisi imzolagan yoʻllanma xat

    4-ilova, 1-band

  • Talabgor toʻgʻrisidagi obyektiv-maʼlumotnoma va uning elektron shakli

    4-ilova, 2-band

  • Dissertatsiya himoyasi haqidagi eʼlon matni va uning elektron shakli

    4-ilova, 3-band

  • Dissertatsiya ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilgani toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari

    4-ilova, 4-band

  • Avtoreferat qoʻlyozmasi hamda dissertatsiya va avtoreferatning elektron shakli

    4-ilova, 5-band

C

Attestatsiya ishi

Ilmiy kengash ijobiy qarordan keyin OAKga yuboradi, ikkinchi nusxasi muassasa arxivida qoladi (81–82-bandlar).

2893-son nizom, 9-ilova
0 / 9
  • Taqrizlar himoyadan kamida 5 kun oldin talabgorga beriladi (47, 50-bandlar)
  • Ijobiy qarordan keyin 10 kun ichida OAKga yuboriladi (81-band)
  • Ilmiy kengash raisi imzolagan, muassasa blankidagi kuzatuv xati

    9-ilova, 1-band

  • Talabgor toʻgʻrisidagi obyektiv-maʼlumotnoma

    9-ilova, 2-band

  • Ilmiy kengash majlisi stenogrammasining asl nusxasi (aʼzolarning qayd varaqasi bilan)

    9-ilova, 3-band

  • Rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotning taqrizlari

    9-ilova, 4-band

  • Himoya haqida OAK saytida (yoki “OAK Byulleteni”da) va respublika markaziy gazetasida berilgan eʼlon nusxalari

    9-ilova, 5-band

  • Dissertatsiya natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi (foydalanish mumkinligi) toʻgʻrisidagi hujjatlar

    9-ilova, 6-band

  • Malakaviy imtihon guvohnomalarining asl nusxalari va hammualliflarning yozma roziligi

    9-ilova, 8-band

  • Dissertatsiyaning bitta nusxasi, avtoreferatning ikkita nusxasi va asosiy ilmiy ishlar nusxalari

    9-ilova, 9-band

  • Dissertatsiya, avtoreferat va obyektiv-maʼlumotnomaning elektron shakli

    9-ilova, 11-band

Bu roʻyxat haqida

Hujjatlar OAK Rayosatining “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizom”i (2893-son) ilovalaridan olingan, raqamlar ilovadagidek (kuchini yoʻqotgan bandlar tushirilgan). Hujjat shakllari va qoʻshimcha talablarni ilmiy kengash kotibidan aniqlang.

2893-son nizom (lex.uz) PF-98 farmoni (lex.uz)

Ishingizni mutaxassis rasmiylashtirsinmi?

Tajribali muharrirlar dissertatsiyangizni OAK talablariga toʻliq moslab beradi.

Xizmatga buyurtma berish ↗

Belgilar brauzeringizda, akkauntga kirgan boʻlsangiz – akkauntingizda saqlanadi.