Ishonchlilik tekshiruvi

Jurnal nomi yoki ISSN kiriting: OAK roʻyxati, Scopus, kvartil, DOAJ va shubhali belgilar.

Natija

Kanal yoki eʼlonda koʻrgan jurnalingiz nomini yoki ISSN raqamini kiriting. ISSN bilan natija aniqroq boʻladi.

Shubhali belgilar

Biz avtomatik bila olmaydigan belgilar. Toʻlov qilishdan oldin eʼlon va jurnal saytiga qarang:

  • Impakt faktor koʻrsatilgan, lekin manbasi yozilmagan yoki Clarivate (JCR) emas.
  • Faqat Google Scholar, Zenodo, BASE, OpenAIRE kabi tizimlar sanalgan. Ular tanlovli indeks emas, unda boʻlish sifat belgisi hisoblanmaydi.
  • “Scopus”, “Web of Science” deyilgan, lekin rasmiy roʻyxatda topilmaydi.
  • Barcha yoʻnalishlarda maqola qabul qilinadi.
  • Bir necha kunda nashr vaʼda qilinadi yoki taqrizdan oldin toʻlov soʻraladi.
  • ISSN yozilmagan yoki ISSN Portal’da topilmaydi.
  • Tahririyat tarkibi va manzili yoʻq, aloqa faqat messenjer yoki shaxsiy raqam orqali.
  • Nomi mashhur jurnal yoki nashriyotga juda oʻxshaydi.

Bu belgilar jurnalni yirtqich deb isbotlamaydi, ular toʻxtab tekshirish uchun sabab.

Ishingizni mutaxassis rasmiylashtirsinmi?

Tajribali muharrirlar dissertatsiyangizni OAK talablariga toʻliq moslab beradi.

Xizmatga buyurtma berish ↗

Manbalar: OAK rasmiy roʻyxati · Scopus roʻyxati (sentabr 2026) · SCImago 2025 · DOAJ · Retraction Watch (09.11.2026). Natija – faktlar, hukm emas.